15:34 / 08.09.2015
5014

O‘zbekistonlik dasturchilar «Futbolchilar» nomli infotizim yaratishdi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti olimlari televideniye va radiouzatish sohasi hamda internet foydalanuvchilari uchun "Futbolchilar" axborot tizimini ishlab chiqishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining axborot xizmati xabar bergan.

Mazkur axborot tizim dunyo futbolchilari haqidagi axborotni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Dastur butun jahon futbolchilari haqidagi axborotni o‘zida jamlagan ma'lumotlar bazasiga bog‘langan bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchi o‘zini qiziqtirgan futbolchi haqidagi barcha axborotga ega bo‘ladi. Dastur foydalanuvchiga o‘zini qiziqtirgan futbolchi haqida axborotni taqdim etadi, oson ishlatiladi, har qanday o‘rtacha foydalanuvchi undan foydalanishi mumkin.

Ushbu axborot tizimi mualliflari X.A.Muhitdinov, Z.T.Hakimov, Sh.T.Qosimova va X.A.Ismailovga № DGU 03223 raqamli guvohnoma berildi.

Top