12:02 / 08.09.2015
12513

Qozog‘istonda shakar va yog‘ yetkazuvchilarning noqonuniy kelishuvi fosh qilindi

Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi tabiiy monopoliyalarni nazorat qilish va raqobatni himoya qilish qo‘mitasi shakar va o‘simlik yog‘i yetkazuvchilari narx belgilashda qonunga xilof ravishda o‘zaro kelishuvlar amalga oshirganlarini aniqladi.

Mamlakat bosh vazirining rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bu voqealar yuzasidan narx spekulyatsiyasiga yo‘lga qo‘ymaslik borasidagi ishlar doirasida bir qator viloyatlarda surishtiruv ishlari boshlangan.

Pavlodar viloyatida shakar yetkazib beruvchi 4 korxona ustidan kelib tushgan shikoyat o‘rganilmoqda. Sharqiy Qozog‘iston viloyatida esa kungaboqar yog‘i yetkazuvchilari orasida shunday kelishuv amalga oshirilgani aytilmoqda.

Top