18:32 / 08.09.2015
4279

UzreportTV telekanali bosh direktori: Muxlislarni syurprizlar kutmoqda

8 sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida UYeFA Chempionlar ligasi musobaqasining UzreportTV telekanali tomonidan translyatsiya qilinishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda UYeFA tarkibiga kiruvchi futbol klublarining eksklyuziv tijorat agenti hisoblangan “TEAM Marketing” (Shveytsariya) agentligi hamda “SARAN MEDIA INTERNATIONAL” (Malta) kompaniyalari vakillari, shuningdek, UzreportTV telekanali mas'ul xodimlari jurnalistlar savollariga javob berishdi.

UzreportTV telekanali bosh direktori Ravshan Jo‘rayevning ma'lum qilishicha, dastlab uchrashuvlar rus tilida sharhlanadi. Biroq “o‘zbek futbol ishqibozlarini professionallar tomonidan taqdim etiluvchi ko‘plab syurprizlar kutmoqda”.

Bundan oldinroq, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari 2015 yilning noyabr oyidan boshlab Angliya premer-ligasining 2015/2016 yilgi mavsum uchrashuvlari ham tomosha qilishlari mumkinligi haqida xabar berilgandi.

UzreportTV telekanali Angliya premer-ligasining 155ta uchrashuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi.

Top