10:39 / 08.09.2015
2072

Yaponiya bosh vaziri boshqa nomzodlar bo‘lmagan saylovda hukmron partiya rahbarligiga qayta saylandi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hukmron — Liberal-demokratlar partiyasining rahbarligiga qayta saylandi, deya xabar berdi “Sinxua” agentligi.

Qayd etilishicha, uning saylanish jarayoni saylovda boshqa nomzodlar bo‘lmagani sababli avtomat tarzda kechdi.

Yagona ehtimoliy nomzod — Seyko Noda ham saylovda qatnashishi uchun zarur bo‘lgan 20 deputatning imzosini to‘play olmagani uchun ishtirokini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Abe bosh vazirlik lavozimida 2018 yilning sentabr oyi so‘ngiga qadar qoladigan bo‘ldi.

Top