15:11 / 09.09.2015
2031

«Barselona» «Lester» futbolchisi Riyod Maxrezga qiziqish bildirmoqda

Daily Mail nashrining yozishicha, «Barselona» jamoasi «Lester»ning jazoirlik yarim himoyachisi Riyod Maxrezni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Qayd etish kerakki, ushbu 24 yoshli futbolchi Angliya chempionatining ortda qolgan turlarida to‘rtta golga mualliflik qilgan.

Manbada aytilishicha, Pedro bilan xayrlashgan «Barselona» uning o‘rniga Maxrezni jamoaga olib kelmoqchi.

Ta'kidlash joiz, jazoirlik futbolchiga ayni vaqtda Londonning «Arsenal» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Jazoir terma jamoasi a'zosi hisoblanadigan Maxrez terma jamoa safida 9ta o‘yin o‘tkazgan va 2 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

U 2014 yilda «Lester»ga kelishidan oldin Fransiyaning «Kimper» va «Gavr» jamoalarida to‘p surgandi.

Top