14:58 / 09.09.2015
1930

Geynrix jarohati tufayli Filippinga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix Filippinga qarshi o‘yinni jarohati tufayli o‘tkazib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining matbuot xizmati xabar bergan.

Filippinga qarshi Jahon chempionati-2018 saralashining ikkinchi bosqichi 4-tur uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida Yamanga qarshi o‘yin qahramoni Geynrix jarohat oldi. Bu esa unga "Filippin Sport" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maydonga tushishiga yo‘l qo‘ymadi. Biroq uning maydonga tushmagani O‘zbekiston safarda 5:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishishiga xalal bermadi.

Ta'kidlash kerakki, Jahon chempionati-2018 saralashining ikkinchi bosqichida navbatdagi tur o‘yinlari 8 oktabrda bo‘lib o‘tdadi. Shu kuni Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston millliy terma jamoasi safarda Bahraynga qarshi o‘yin o‘tkazsa, KXDR terma jamoasi Filippinni qabul qiladi.

Top