06:33 / 09.09.2015
3168

Italiya va Fransiya Alp tog‘laridagi muzlik uchun bahslashmoqdalar

Italiyaning Alp tog‘larida joylashgan Kurmayor va Fransiyaning Monblan tog‘ining narigi tomonidagi Shamoni shahri rasmiylari 3,3 ming metr balandlikdagi cho‘qqini bo‘lisha olishmayapti.

Yaqinda Shamoni meri Erik Furne “Torino” baland tog‘ boshpanasiga alpinistlar brigadasini yubordi va o‘zining Kurmayordagi hamkasbi Fabritsiya Derriarning noroziligini keltirib chiqardi, chunki boshpana nafaqat italyancha nomga ega, balki Italiya hududida joylashgan.

Gap shundaki, 1860 yildagi kelishuvga ko‘ra bu yerda chegara aniq belgilanmagan bo‘lib, cho‘qqilar bo‘ylab ketgan.

Ayni paytda “Torino” hududida xavfsizlik haqida ogohlantiruvchi tablichkalar olib tashlanib, o‘lchovlar olib borilmoqda, Kurmayor rasmiylari esa u yerdagi alpinistlarning xavfsizligidan xavotirlanmoqdalar.

Muzlik uchun kurash Italiya va Fransiya o‘rtasida diplomatik mojaroga olib kelishi mumkin, deb ogohlantirmoqda Kurmayor meri.

Top