11:47 / 09.09.2015
2059

Las-Vegasda yonayotgan samolyot yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi

Las-Vegas aeroportida British Airways kompaniyasiga tegishli samolyotda yong‘in kelib chiqdi. CNN telekanalining ma'lum qilishicha, evakuatsiya chog‘ida yo‘lovchilardan bir nechtasi arzimas jarohatlar olgan.

Yo‘lovchilar qatorida bo‘lgan The Guardian jurnalistining Twitter’da yozishicha, yo‘lovchilar trapdan tushishda tiqilinchga duch kelishgan.
Evakuatsiya qilingan 172 odamdan 14 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, guvohlar ekipaj va favqulodda xizmatlarning operati ishlaganliklarini ta'kidlab o‘tdi.

Top