14:45 / 09.09.2015
3717

O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi Toshkentga qaytib keldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi 9 sentabr kuni charter reys bilan Maniladan Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan

Terma jamoa legionerlaridan to‘rt nafari — Server Jyeparov, Anzur Ismoilov, Sardor Rashidov hamda Azizbek Haydarov Filippindan to‘g‘ridan – to‘g‘ri reyslar orqali o‘zlari chempionatida ishtirok etayotgan mamlakatlarga uchib ketishdi.

Eslatib o‘tamiz, 8 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Filippin terma jamoasiga qarshi o‘yinda O‘zbekiston 5:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, “H” guruhida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 doirasidagi navbatdagi o‘yini 8 oktabrda, safarda Bahraynga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Top