10:24 / 09.09.2015
2806

Qozonda bo‘ron oqibatlari tufayli favqulodda vaziyat tartibi joriy qilindi

Qozonda shahar bo‘ylab o‘tgan bo‘ron tufayli favqulodda vaziyat tartibi kiritildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Ko‘p sonli jabrlanganlar va katta miqdordagi moddiy ziyon tufayli Qozon shahri hududida favqulodda vaziyat tartibi kiritish haqida e'lon qilishga qaror qilindi”, deb Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkov ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda aytdi Qozon ijroiya qo‘mitasi rahbari Denis Kalinkin.

Avvalroq Qozonda bo‘ron tufayli 930 ta daraxt qulagani va 230 ta avtomobil shikastlangani ma'lum qilingan edi.

Tataristonda bo‘ron 7 sentabrda kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tdi. Respublikada momaqaldiroq va kuchli shamol, ba'zi joylarda do‘l bilan kechgan kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi.

19 kishi jarohat oldi. Jabrlanganlar orasida ikki nafar yosh bola ham bo‘lgan. 13 kishi shifoxonaga yetkazilgan.

Top