06:51 / 09.09.2015
2610

Rossiya bojxona xizmati yanglishib 407 kg sport oziqasini yoqib yuborgani iddao qilinmoqda

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi bojxonachilari xato tufayli 407 kg sport oziqasini sanksiyaga tushgan mahsulotlar deb o‘ylab, yoqib yubordilar.

Janubiy bojxona boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bojxonachilar iyun oyidayoq Turkiyadan o‘lkadagi tijorat kompaniyalaridan birining nomiga kelgan ushbu sport oziqasi partiyasini ushlab qolishgan. Sentyabrda yo‘q qilingan yukning umumiy og‘irligi 532 kg ni tashkil qildi.

“Hujjatlar tekshirilganda mahsulotlar AQShda ishlab chiqarilgani tasdiqlandi”, deb ta'kidlab o‘tildi bojxona boshqarmasida.

Mutaxassislar teshiruv o‘tkazib, “mahsulotlarning bir qismi – vitaminlar va mineral moddalar aralashmasi hamda shakar siropi sportchilarning oziqlanishlari uchun tayyor mahsulotlar bo‘lib, Rossiyaga olib kirilishi man qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xomashyosi va oziq-ovqatlar ro‘yxatiga kiritilgan”, deb ta'kidlamoqdalar bojxonachilar. Shuning uchun mahsulotning katta qismi – 407 kilogrammi yoqib yuborish bilan yo‘q qilingan.

Biroq sport oziqasi 2014 yilning avgustidan Rossiyaga kiritilishi taqiqlangan sanktsion mahsulotlar qatoriga kirmaydi.

Biroq bojxonachilar o‘zlarining haqliklariga ishonchlari komilligini aytmoqdalar. Mahsulotni qabul qiluvchi tomonga nisbatan ma'muriy qoidabuzarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi va tegishli qonunlarga ko‘ra ularga 300 ming rubl jarima solinishi mumkin.
Bojxonada ushbu holat yuzasidan tergov olib borilayotgani ma'lum qilindi.

Top