08:22 / 09.09.2015
2152

Shvetsiya Avstriyaga qarshi o‘yinda 1958 yildan beri o‘z uyidagi ilk yirik mag‘lubiyatini qayd etdi

Shvetsiya terma jamoasi kecha o‘z uyida Yevro-2016 saralashining 8 tur o‘yinini Avstriyaga qarshi o‘tkazdi va 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, skandinavlar 1958 yilda oxirgi marta o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘yinda o‘z darvozasidan 3tadan ortiq gol olib chiqqan, o‘sha yili jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Shvetsiya Braziliyaga 2:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Bu natijadan keyin Ibrohimovich jamoadoshlari G guruhida birinchi o‘rin uchun kurashdan chiqishdi. Jamoa o‘tgan turda Rossiyaga safarida 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi va endi guruhda uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

Shvetsiya – Avstriya 1:4 (0:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 9, penalti Alaba, 0:2 – 38 Xarnik, 0:3 – 76 Yanko, 0:4 – 88 Xarnik, 1:4 – 90 Ibragimovich.
Shvetsiya – Isaksson, Grankvist, Olsson (Durmaz, 82), Antonsson, Ekdal (Xalili, 86), Larsson, Chelstrem, Zengin (Telin, 62), Forsberg, Ibragimovich, Berg.
Avstriya – Almer, Predl, Fuks, Dragovich, Alaba, Xarnik, Yunuzovich (Zabittser, 80), Arnautovich (Yancher, 88), Baumgartlinger, Klyayn, Yanko (Ilzanker, 84).
Ogohlantirishlar: Grankvist (15), Yunuzovich (24), Yanko (30).

Top