16:52 / 09.09.2015
8567

Stiv Djobs suriyalik(mi)

Shvetsariyalik biznesmen Devid Galbrayt Apple korporatsiyasi asoschisi Stiv Jobsning nasabi haqidagi mulohazalarini Twitter sahifasida e'lon qildi. Stivning ota-onasi talabalar: suriyalik Abdulfatta (Jon) Jandali va nemis emigrantlari bo‘lgan katolik oila farzandi Joan Shible bo‘lgan. Joanning oilasi ularning munosabatlariga qarshi bo‘lishgan. Shu sabab, ulardan dunyoga kelgan Stivni Jobslar oilasi asrab olishgan.
Shu kunlarda Suriyalik muhojirlarning chekayotgan azoblari, bolalarning O‘rater dengizida halok bo‘layotgani bilan bog‘liq voqealarga munosabat o‘laroq, Devid Galbrayt asrning mashhur insonlaridan biri Stiv Jobs suriyalik emigrantning o‘g‘li ekanini ta'kidlab, qochoqlarga yordamni yanada kuchaytirishga chaqirgan. Biznesmen o‘z Twitter-akkauntidagi Stiv Jobs rasmiga “Suriyalik migrantning o‘g‘li”, deya izoh qoldirgan, deb yozadi muxlis.uz sayti.

Top