16:52 / 09.09.2015
7369

Yaponiyalik ustalar «Kelajakka qaytib» filmidagi "zamonlar osha sayohat qiluvchi" mashina nusxasini yaratishdi

Yaponiyalik biri guruh ustalar DeLorean avtomobili bazasida mashhur  kelajakka sayohat uyushtiruvchi mashina ko‘rinishidagi avtoni yaratishdi. Bu haqda Asahi nashri xabar tarqatdi.

Mazkur loyiha ustida chiqindilarni qayta ishlash kompaniyasi va DVD-disklar sotuvchi do‘konlar tarmog‘i hamkorligida ishlandi. Avtomobil nafaqat ko‘rinish jihatidan o‘sha mashhur kinodagi ulovga o‘xshaydi, balki uning dvigateli eski kiyimlarni qayta ishlash natijasida olingan bioyoqilg‘i yordamida harakatlanadi. DeLorean saloni xuddi kinodagi kabi salon ichidagi turli xil datchiklarni, displeylar va vaqtni belgilash funksiyalarini ham ishlab chiqdi.

Maxsus avtoni yaratish uchun mutaxassislar 1,4 ming turli yaroqsiz yoki eskirib qolgan kiyimlarni qayta ishlashdi va ulardan maxsus bioyoqilg‘i olishdi.

Ixtiro muallifi bu filmni 30 yil oldin ko‘rganidan buyon ushbu mashinani o‘zi yaratishni orzu qilganini ta'kidlab o‘tgan. Avtomobil 21 oktabrga qadar to‘liq tayyor bo‘ladi. Filmning ikkinchi qismida aynan 2015 yilning 21 oktabr kungi kelajakka sayr qilinish voqeasi aks etgan.

Top