00:04 / 10.09.2015
1575

Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn FIFA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ydi

Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn FIFA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Al-Husayn Tsyurixda 29 mayda bo‘lib o‘tgan saylovlarda FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatterning yagona raqibi bo‘lgan edi. Iordaniya shahzodasi ovoz berishning 2-bosqichi oldidan o‘z nomzodini olib tashlagan. Blatter o‘z lavozimiga qayta saylangandan bir necha kun o‘tib, FIFAdagi korruptsion mojarolar ortida o‘zining iste'foga ketishini ma'lum qildi. FIFA rahbari lavozimi uchun navbatdan tashqari saylovlar 2016 yil 26 fevralda bo‘lib o‘tadi. Bungacha Blatter FIFA prezidenti majburiyatlarini bajarib turadi.

Top