18:10 / 10.09.2015
5718

Lavrov Rossiya tomonidan qurol yetkazib berilgan davlatlar nomiga oydinlik kiritdi

Rossiya terrorizmga qarshi kurash doirasida nafaqat Suriyaga, balki Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlarga ham qurol yetkazib bergan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga asoslanib, TASS nashri xabar qilgan.

"Biz Suriyada "Liviya ssenariysi" takrorlanishini istamaymiz va shu maqsadda Suriya hukumati va armiyasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz. Shuningdek, g‘arblik hamkorlarimiz bu davlatda hukumatni o‘zgartirishlariga rozilik bildirmaymiz", deydi vazir.

"Biz Suriyadan tashqari Iroqni hamda Yaqin Sharq hududidagi boshqa mamlakatlarni ham jangarilarga qarshi kurashishlari uchun qurol-yaroq bilan ta'minlaganmiz", deb qo‘shimcha qilgan Lavrov.

Top