17:52 / 10.09.2015
2316

Mirobodda qo‘shnisining 3 800 dollar pulini o‘g‘irlagan kishi qo‘lga olindi

Mirobodda qo‘shnisining 3 800 dollar pulini o‘g‘irlagan kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, asli parkentlik bo‘lgan, muqaddam qamoqda o‘tirgan Zarif ismli yigit bir kuni qo‘shnisining uyi ochiqligini payqab qolib, u yerga kirgan.

Yo‘lakda xonadon egasining kostyumini ko‘rib, uning cho‘ntaklarini paypaslab ko‘rgan. Kostyum cho‘ntagida turgan 3 800 dollarni olib, voqea joyini tark etgan.
Ammo u tez orada qo‘lga olingan.

Top