10:57 / 10.09.2015
2525

«MYu» yetakchilari Lui van Gaalga mashg‘ulot jarayoni bo‘yicha e'tiroz bildirishdi

«Manchester Yunayted» futbolchilari bosh murabbiy Lui van Gaaal o‘tkazayotgan mashg‘ulot jarayoniga nisbatan o‘z noroziliklarini bildirishdi.

Ularning fikricha, gollandiyalik mutaxassis mashg‘ulot jarayonida haddan tashqari og‘ir uslublardan foydalanmoqda. Futbolchilar esa maydonda ko‘proq erkinlik bo‘lishini istashmoqda.

The Times nashrida yozilishicha, «Manchester Yunayted»ning yetakchi futbolchilari o‘zaro yig‘ilish o‘tkazishdi va o‘z e'tirozlarini Lui van Gaalga bildirishdi. Jamoaning unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan startiga sabab sifatida shuni ko‘rsatilgan. O‘yinchilar murabbiyga «MYu»ning o‘yinida ko‘proq ijodkorlik imkon berilishini so‘rashdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur suhbat tufayli mashg‘ulot jarayoniga qandaydir o‘zgartirishlar kiritilmagan.

Top