07:19 / 10.09.2015
1789

Olma-ota-Bishkek trassasidagi yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida Olma-ota-Bishkek trassasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda viloyat ichki ishlar departamenti matbuot xizmati.

Politsiyada ma'lum qilinishicha, avtohalokat trassaning 122-kilometrida, Jambul tumani Oqterak qishlog‘i yaqinida yuz berdi. Yo‘l-transport hodisasida “Lada-Priora” va “Mersedes bents” avtomobillari to‘qnashib ketgan.

“Dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, YTH sababchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va “Mersedes” bilan to‘qnashib ketgan “Lada-Priora” avtomobili haydovchisi hisoblanadi. YTH holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, deb xabar berilmoqda.

Voqea joyida “Lada Priora”dagi ikki yo‘lovchi va “Mersedes”dagi 3 yo‘lovchi halok bo‘lgan. Mashinalarning ikkala haydovchisi ham turli jarohatlar bilan yaqin oradaga shifoxonaga yetkazilgan.

Top