19:02 / 10.09.2015
5495

«O'zMinda» Chevrolet Aveo uchun yangi butlovchi qismlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirmoqda

2015 yilning oxiriga qadar «O’zMinda» O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasi «S&T Motiv» Janubiy Koreya kompaniyasi bilan kelishuvi doirasida qo‘shimcha investitsiya jalb etib, zamonaviy va yuqori texnologik ishlab chiqarish liniyasini o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Mazkur ishlab chiqarish liniyasida yangi T-250 loyihasi uchun butlovchi qismlar ishlab chiqariladi. Loyihani rivojlantirish dasturi doirasida esa ishlab chiqariladigan mahsulotlar soni va ularning sifat nazoratini oshirish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda korxona Cobalt, Nexia, Damas, Matiz rusumidagi avtomobillar uchun xavfsizlik tizimi qismlari, xususan, spidometrlar, eshik tutqichlari, eshik va o‘t oldirish tizimi qulflari hamda avtomobil soatlarini ishlab chiqarmoqda.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 250 ming komplekt avtomobil tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishga teng. 2014 yil oxiriga qadar korxona 220 ming AQSh dollariga teng mahsulotlarni eksport qilgan.

Top