08:47 / 10.09.2015
2272

Poroshenko: Minsk kelishuvlari naf bermoqda, frontda sokinlik

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ta'kidlashicha, Minsk kelishuvlari nihoyat amalag kirmoqda, Donbassda yarim yildan buyon birinchi marta harbiy harakatlar to‘xtatilgan. Shunga qaramay, uning fikricha, ayirmachilar tomonidan tinchlikning buzilishiga har qachon tayyor turish kerak.

“29 avgust soat 00:00dan beri, aytishim mumkinki, yarim yildan buyon birinchi marta frontda sokinlik. Shundan buyon otishma bo‘lmadi”, - dedi u mintaqalar kengashidagi chiqishida.
Poroshenkoning ta'kidlashicha, faqatgina Lugansk viloyatida diversion guruh bilan to‘qnashuv yuz bergan.
“Minsk kelishuvlari ishlamoqda, bunga amin bo‘lish uchun o‘qqa tutishlar statistikasiga qarang”, - ta'kidladi Ukraina rahbari.

Top