06:51 / 10.09.2015
3337

Pushkov: Buyuk Britaniya tashqi siyosat borasida AQShning 52-shtatiga aylanib bo‘lgan

Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha raisi Aleksey Pushkov Buyuk Britaniya tashqi siyosat borasida deyarli AQShning 52-shtatiga aylangan, deb aytdi.

“Yevropada o‘zining sub'yektivligidan to‘liq voz kechishga tayyor davlatlar mavjud. Bular Boltiqbo‘yi davlatlari, Bolgariya, Ruminiya, Buyuk Britaniya. Buyuk Britaniya, menimcha, hech narsaga da'vogarlik qilmaydi, u tashqi siyosat borasida deyarli AQShning 52- yoki 53-shtati hisoblanadi”, deb aytdi siyosatchi “Kommersant FM” radiostansiyasi efirida.

Shu bilan birga Pushkov Yevropa Ittifoqida o‘zining “yevropacha qarashi”ga ega bo‘lgan Italiya, Avstriya, Slovakiya kabi davlatlar borligiga e'tiborni qaratdi.

Top