23:28 / 10.09.2015
2160

Xames Rodriges jarohat tufayli 1 oyga safdan chiqdi

“Real Madrid” yarim himoyachisi Xames Rodriges son qismidan olgan jarohati tufayli safdan chiqdi, deb yozmoqda Marca.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi Kolumbiya hamda Chili terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida maydonni muddatdan oldin tark etishga majbur bo‘lgan. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida futbolchi chap oyog‘ining son qismidagi mushaklar uzilishi aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, Xames 1 oy muddatdan so‘ng maydonga qaytadi.

Ma'lumot uchun, 2015/2016 yilgi Ispaniya chempionatining 2 turida Xames 2ta gol hamda 1ta gollik uzatmaga mualliflik qildi.

Top