09:21 / 11.09.2015
4931

BMT bosh qarorgohida Falastin bayrog‘i ko‘tarilishiga ruxsat berildi

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi BMT bosh qarorgohi va idoralarida tashkilotga a'zo bo‘lmasdan, unda kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar bayroqlari ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan qoidasini o‘z ichiga olgan Falastin rezolyutsiyasi loyihasini qabul qildi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Rezolyutsiya qabul qilinishi uchun “rozi” ovozlar soni 115tani tashkil etgan bo‘lsa, “qarshilar” — 8, betaraflar — 25ta bo‘ldi. Mazkur hujjat mazkur mamlakatlar bayrog‘i tashkilotga a'zo davlatlar bayroqlaridan so‘ng ko‘tarilishini ham o‘zida aks etadi.

Kuzatuvchi maqomiga Falastin bilan bir qatorda, Vatikan ham ega bo‘ldi.

Top