15:51 / 11.09.2015
2943

Lavrov: IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya Suriya hukumati bilan hamkorlik qilishi lozim

Rossiya TIV rahbari IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyani Bashar Asad hukumati qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

“Biz koalitsiya a'zolarini Suriya hukumati bilan hamkorlik qilishga chaqirib qolamiz, buning afzalligini bir qator Yevropa mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari ham ta'kidlab o‘tishdi.”, – dedi Lavrov.

Rossiya diplomatiyasi yetakchisi havodan berilgan zarbalarning o‘zi jangarilar ustidan g‘alaba qozonishga yetmaydi. “IShIDga qarshi eng samarali va qudratli kuch Suriya armiyasidir”, – deya ishonch bildirdi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 10 sentabr kuni ham Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham xuddi shunday fikrni bildirib, “Rossiya tomoni IShID jangarilariga qarshi qarshilik ko‘rsatuvchi yagona kuch — Suriya qurolli kuchlari ekanini ma'lum qiladi. Va u yerda boshqa birorta ham yaroqli kuch yo‘q”, – deb aytgan edi.

Top