15:20 / 11.09.2015
1905

Litva O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

2015 yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Litva Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Remigiyus Motuzasni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

An'anaviy do‘stona O‘zbekiston-Litva munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish chog‘ida turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta'kidlandi, xususan vazirliklararo muloqotni faollashtirish, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi shakli va xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqaqalarni mustahkamlash qayd etildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Top