16:33 / 11.09.2015
2346

NATO Ukrainaga askarlar yuborilishi to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi.

NATO Ukrainaga harbiylarni jo‘natish masalasini ko‘rib chiqmayapti va buni o‘rganib chiqmaydi ham, deya ma'lum qildi alyans bosh kotibining siyosiy masalalar va siyosiy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jyeyms Appaturay.

“Yo‘q, hozirda Ukraina NATO harbiylarining kiritilishi to‘g‘risida hech qanday muhokamalar bo‘lgani yo‘q va men ushbu masalani ko‘rib chiqmayman”, – dedi Appaturay juma, 11 sentabr kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan yillik Yalta Yevropa strategiyasi (YES) uchrashuvida.

Appaturayning so‘zlariga ko‘ra, NATO Ukrainaga o‘z-o‘zini himoya olishi uchun xavfsizligini mustahkamlash jarayonida yordam ko‘rsatishi mumkin. “Bu siyosiy dono qaror. Biroq men Ukrainaga NATO harbiylarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natilishini ko‘rib chiqmayman”, – dedi alyans vakili.

Top