20:54 / 11.09.2015
3469

Putin 28 sentabrda BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nyu-Yorkda 28 sentabrda BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlaydi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi

Bu haqda Putin yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi. Ushakovning aytishicha, nutq so‘zlash kelishib olingan.

“Putin 28 sentabrda ertalabki payt nutq so‘zlashiga kelishib olindi. Prezident safarining boshqa tomonlari ko‘rib chiqilmoqda”, deb aytdi Ushakov.

Avvalroq Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqi davomida Suriya va “IShID” terrorchilik guruhi jangarilari bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirishining ehtimol kattaligi ma'lum qilingan edi.

Top