21:49 / 11.09.2015
4695

Putin va Berluskoni Yalta sohilbo‘yida sayr qilib, yo‘lovchilar bilan suhbatlashdilar

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Yalta sohilbo‘yi bo‘ylab sayr qildilar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Sayr paytida ular dam oluvchilar bilan suhbatlashdilar. 

Sohilbo‘yidagi odamlar Putinni qarsaklar bilan olqishladilar.
Dam olayotganlardan biri Putinga Yalta bog‘larini himoya qilish tadbiriga qo‘shilishni iltimos qilib murojaat qildi.

“Yaxshi, men albatta qo‘shilaman”, deb va'da berdi Rossiya prezidenti. Avvalroq Putin va Berluskoni Gasfort tog‘i yaqinidagi, Qrim urushida halok bo‘lgan Sardiniya qirolligi askarlari xotira yodgorligiga gullar qo‘yishgani ma'lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Silvio Berluskoni Rossiyaga xususiy tashrif bilan keldi.

Top