08:54 / 11.09.2015
1770

Shimoliy Irlandiyaning birinchi vaziri va uning partiyasi iste'foga chiqmoqda

Shimoliy Irlandiyaning birinchi vaziri Piter Robinson o‘zining iste'foga ketishini e'lon qildi. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda

Bundan tashqari, Robinson bilan birga mamlakatdagi eng yirik Demokratik yunionistik partiyasidagi ko‘plab vazirlar ham ketmoqda va bu hukumatda inqiroz yuzaga kelganini anglatadi.

Shimoliy Irlandiya assambleyasida bunday qaror qabul qilinishiga Robinsonning parlamentni tarqatib yuborishni talab qilgani sabab bo‘ldi. Bundan bir kun avval irland politsiyasi muvaqqat Irlandiya respublika armiyasi a'zosi Kevin Makgiganning o‘limi ishi bo‘yicha uch nafar respublikachi hibsga olinganini ma'lum qilgan edi.

Bundan tashqari, politsiya siyosatchining qotilligiga muvaqqat Irlandiya respublika armiyasi aloqadorligini aytdi. Aynan shu armiyaning mavjudligi Shimoliy Irlandiyadagi murakkab vaziyatga olib keldi.

Top