17:24 / 11.09.2015
5277

Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonu bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kodeksning 18-moddasi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi, unga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor hukumat tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli. Shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarlar uchun javobgarlikka tortish umumiy shartlariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.
108-moddaning oldingi tahririda soliq to‘lovchi tomonidan bir nechta soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda har bir ish uchun alohida sanksiyalar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan edi.

Yangi tahrirga ko‘ra, ularning barchasi birlashtirib ko‘rib chiqiladi.
114-moddaga muvofiq, kirim qilinmagan tovarlarni saqlash ularning qiymati miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Top