20:45 / 11.09.2015
3068

Song Xyong Min: "Tottenxem"dagilar "Arsenal" jamoasi ranglaridagi mashinalarni minishmas ekan

"Tottenxem" jamoasining yangi xaridlaridan biri, janubiy koreyalik futbolchi Song Xyong Min yangi jamoasi o‘zining ashaddiy raqibi "Arsenal" bilan naqadar keskin munosabatda bo‘lishi haqida aytib o‘tdi.

"Tottenxem" jamoasi rahbariyatidagilar menga qizil rangdagi mashinalar sotib olmaslikni tavsiya qilishdi. "Arsenal" bilan o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdaman.
Men maydonga chiqqanimda albatta gol urishni istayman. Barcha hujumchilarning vazifasi gol urish.
"Tottenxem" o‘ziga xos hujumkor uslubda o‘ynaydigan jamoa. Bu esa men uchun juda mos uslub. O‘ylaymanki, Maurisio Pochettino murabbiyligida men to‘purar bo‘laman", deydi koreyalik hujumchi.

"Shporlar" o‘zlarining prinsipial raqiblari bo‘lmish "kanonirlar" bilan 23 sentabr kuni Angliya liga Kubogi doirasida uy uchrashuvini o‘tkazishadi. Jamoalarning chempionatdagi to‘qnashuvi esa 7 noyabr kuniga belgilangan.

Qayd etish kerakki, "Tottenxem" yangi mavsumni ko‘ngildagidek boshlay olmadi. Ayni vaqtda jamoa 4 turdan keyin 3 ochko (3ta durang) bilan 16 o‘rinda joylashgan.

Ma'lumot uchun, "Tottenxem" ushbu futbolchini yozgi transferlar yakunlanayotgan kunlarda "Bayyer"dan 22 mln funt evaziga xarid qilgan hamda u bilan 5 yillik shartnoma imzolagandi. Futbolchiga 7 raqamli futbolka topshirilgan.

Top