19:57 / 11.09.2015
2987

Toshkentda MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari temir yo‘lchilari yig‘ilishdi

Toshkentda xalqaro miqyosdagi yana bir tadbir – MDH davlatlari, jumladan, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya temir yo‘l ma'muriyatlari favqulodda vakillarining xalqaro aloqada yo‘lovchilarni tashishni tashkillashtirish, 2015-2016 yillar uchun poyezdlar harakatlanishi jadvalini ishlab chiqish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Qayd etish joizki, mustaqillik yillarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ katta obro‘ qozondi va dunyoda o‘zining o‘rniga ega bo‘ldi, tranzit koridorlarning tenghuquqli ishtirokchisiga aylandi. Bugungi kunda O‘zbekiston hududida o‘nlab tranzit yo‘llar kesishadi va dunyoning turli nuqtalariga yo‘naladi. Temir yo‘l tizimida bu yo‘nalishda istiqbolli yo‘nalishlar va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida xalqaro hamkorlar bilan ishlar olib borilmoqda.

Tadbirda tarmoqda amalga oshirilayotgan katta miqyosdagi loyihalarning muhimligi va ahamiyati ta'kidlab o‘tildi. Tomonlar kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Xususan, xalqaro tashishlar ko‘rsatkichlari bosqichma-bosqich o‘rganilmoqda.

Tarif politikasini yanada takomillashtirish va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish kabi masalalar har tomonlama muhokama qilindi.
Yig‘ilish ishtirokchilari, shuningdek, elektron biletlar savdo-sotig‘ini tashkillashtirish masalasini ko‘rib chiqdilar va bu masalada o‘zlarining amaliy tavsiyalarini bildirdilar.

Top