09:39 / 11.09.2015
2946

Turkmanistonda konstitutsiyaning yangi tahriri loyihasi taqdim etildi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat oqsoqollari kengashida konstitutsiyaning yangi tahriri loyihasiga alohida urg‘u berdi.

Asosiy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror o‘tgan yilning may oyida qabul qilingan edi. Shu maqsadda konstitutsion komissiya yaratilib, kelayotgan takliflarning parlament tomonidan o‘rganilishi ta'minlangan edi.
Aytilishicha, konstitutsiyaning yangi loyihasida uning strukturasi butunlay qayta ko‘rib chiqilgan. Xususan, Berdimuhamedovning taklifi bilan birinchi bo‘limga mamlakat suvereniteti asoslarini himoya qilish haqidagi moddalar kiritildi.

Konstitutsiya loyihasi muhokama uchun OAVda chop etiladi. Shu asosda kelib tushgan yangi takliflar yordamida loyiha takomillashtirilib, Majlis muhokamasiga kiritiladi va 2016 yili oqsoqollar kengashida qabul qilinadi.

Top