11:23 / 11.09.2015
2540

Ukrainaga Donbassdagi holat tufayli Rossiyaning 1700 nafardan ortiq fuqarosi kirishi man qilingan

Ukraina Donbassda mojarolar boshlanganidan buyon Rossiyaning 1700 nafardan ortiq fuqarosining o‘z hududiga kirishini taqiqladi. Bu haqda RIA "Novosti" Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi ma'lumotiga asoslanib, xabar tarqatgan.

"Ayni vaqtda Ukraina hududigan Rossiyaning 1700 nafardan ortiq fuqarolarining kirishi mumkin emas", deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, rasmiy Kiyev Rossiya fuqarolariga nisbatan 2014 yilning martidan boshlab sanksiyalar qo‘llab kelmoqda.

Top