09:49 / 11.09.2015
2011

Xitoyda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Juma, 11 sentabr kuni Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Sinsyan shahrida yo‘lovchi avtobusining yuk mashinasiga to‘qnashib ketishi oqibatida eng kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohat oldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra,avtobus sirpanchiq yo‘lda ag‘darilib ketib, so‘ngra yuk avtomobiliga borib urilgan. 9 kishi hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan, yana uch kishi kasalxonada shifokorlar qo‘lida jon bergan. Barcha jarohat olganlar tibbiyot maskanlarida davolanmoqda. Ularning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.

Ayni paytda politsiya har ikki transport vositasi haydovchisini hibsga olgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Top