09:05 / 12.09.2015
3861

16-18 sentabr kunlari Toshkentda energetika va qurilish xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi

11 sentabr kuni IEG UZBEKISTAN ko‘rgazmalar kompaniyasi tomonidan UzEnergyExpo-Energetika hamda UzStroyExpo-Qurilish xalqaro ko‘rgazmalarining ochilishiga doir matbuot anjumani tashkil etildi.

«O‘zekspomarkaz» MKK AJ 1-pavilonida bo‘lib o‘tadigan mazkur xalqaro sanoat ko‘rgazmalarida bu yil Belarus, Germaniya, Italiya, Eron, Xitoy, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Janubiy Koreyadan 60 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etadi.

UzEnergyExpo-2015. Energetika. Energiyani tejash. Yoritish. Elektrotexnika X- Xalqaro ko‘rgazmasida tashrif buyuruvchilar e'tiboriga elektr energetikasi sohasi uchun eng zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va xizmatlarning to‘liq ko‘lami taqdim qilinadi.

Ko‘rgazmada xalqaro va mahalliy energetika kompaniyalari; elektr energiyasi uskunalari, texnologiyalar va xizmatlarning xalqaro ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari; energetika obektlarida servis xizmat ko‘rsatishni taqdim qiluvchi korxonalar; injiniring va konsalting kompaniyalari ishtirok etadi.

UzStroyExpo-2015. Qurilish. Isitish. Ventilyatsiya. Quvurlar va fitinglar V-Xalqaro ko‘rgazmasi qurilish sanoatida hozirgi iqtisodiy vaziyat bilan bog‘langan mutlaqo o‘zgacha mavqeini kasb etadi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning qurilish materiallari sanoati korxonalari tomonidan 2,11 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining xabar berishicha, tarmoqning respublika sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi solishtirma ulushi 5,2 foizni tashkil qiladi.

Oldingi yilning shu davriga nisbatan respublikaning yirik korxonalari tomonidan quyidagi mahsulot turlarini ishlab chiqarish oshgan: shag‘al (+8,6 foizga), qum (+9,8 foizga), portlandsement (+12,6 foizga), marmar, travertin, alebastr va ulardan buyumlar (+33,5 foizga).

Shu bilan birga, gips (+7,7 foizga), ohak (+34,9 foizga), beton (2,8 marta), qurilish qotishmalari va aralashmalari (3,6 marta) ishlab chiqarilishi oshgan. Yuqorida sanab o‘tilgan qurilish materiallari bilan birga o‘tga chidamli bo‘lmagan tom yopish cherepitsasi (+5,6 foizga), o‘tga chidamli bo‘lmagan keramik qurilish g‘ishtlar (+15,9 foizga), tolali sementdan ishlangan buyumlar (+17,7 foizga), alyumindan ishlangan eshik, deraza va romlar (+55,5 foizga) ishlab chiqarilishi ham ko‘paygan.

Bu yili UzStroyExpo ko‘rgazmasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot bo‘yicha ishtirokchilarning keng tarkibiga ega.

Top