06:53 / 12.09.2015
2264

AQShda o‘rmon yong‘inlari tufayli 2700 kishi evakuatsiya qilindi

AQShning Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Bir nechta aholi punktlari xavf ostida qolmoqda va shu sabab bu yerlardagi aholini evakuatsiya qilish boshlandi.

Avvalroq yaqin atrofdagi rancho aholisi evakuatsiya qilinayotgan edi, biroq yong‘in sekvoyya kabi qadimiy daraxtlar o‘sadigan o‘rmonzorga o‘tib ketdi.

2700 kishi yashaydigan San-Andreas shaharchasi aholisi yaqinlashib kelayotgan yong‘in tufayli evakuatsiya qilinmoqda.

Kaliforniya shtati gubernatori Jyerri Braun shaharda favqulodda vaziyati tartibini kiritdi.

Hozircha yong‘in shaharga yetib kelmadi, biroq u bor-yo‘g‘i 5 mil narida yuz berayotib, shiddat bilan kuch to‘plamoqda.

Qayd etilishicha, yong‘in iyul oyida chaqmoqlar urishi oqibatida boshlangan.

Top