21:06 / 12.09.2015
2554

Bundesliganing 4-turida "Borussiya D" va "Bavariya" jamoalari g‘alabali seriyalarini davom ettirishdi

Bugun Germaniya chempionati doirasida 4-tur o‘yinlari davom o‘tkazildi. Turnir jadvalida 3-turda 9tadan ochko jamg‘arib, qo‘shhokimlik o‘rnatgan "Borussiya" va "Bavariya" jamoalari bu turda ham o‘z o‘yinlarida g‘alaba qilishdi.

"Borussiya" "Gannover 96" jamoasi maydoniga safar qildi va 4:2 hisobida ustun keldi. Bu g‘alabadan keyin dortmundliklar 12 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Gannover 96 – Borussiya D 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 1:0 – 18 Sobex, 1:1 – 35, penalti Obameyang, 1:2 – 44 Mxitaryan, 2:2 – 53 Sobex, 2:3 – 67, avtogol Trevizan, 2:4 – 85, penalti Obameyang.
Ogohlantirishlar: Xummels (56), Trevizan (84), Tsiler (85), Sane (90).

"Bavariya" esa o‘z uyida "Augsburg"ni qabul qildi va irodali g‘alabani qayd etdi. Avvaliga mehmonlar vakili Essvayn hisobni ochdi. Ikkinchi taymda Levandovski va Myuller tomonidan kiritilgan to‘plar myunxenliklarning g‘alabasini ta'minladi. "Bavariya"da ham endilikda 12 ochko bor. Jamoa faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra "Borussiya"dan keyingi o‘rinda joylashgan.

Bavariya – Augsburg 2:1
Gollar: 0:1 – 43 Essvayn, 1:1 – 77 Levandovski, 2:1 – 90, penalti Myuller.
Ogohlantirishlar: Verxag (89).

"Volfsburg" esa safarda "Ingolshtadt-04" jamoasini mag‘lub eta olmadi. O‘yinda hisob ochilmadi. shunga qaramasdan jamoa 8 ochko bilan 3chi o‘ringa joylashgan.

Ingolshtadt-04 – Volfsburg 0:0
Ogohlantirishlar: Gilavogi (26), Morales (35), Luis Gustavo (79), Levels (83), Draksler (83).

"Bayyer" o‘z maydonida "Darmshtadt"dan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi, "Gerta" esa "Shtutgart"ni 2:1 hisobida yengdi.

Bayyer – Darmshtadt 0:1
Gol: 0:1 – 8 Sulu.
Ogohlantirishlar: Papadopulos (35), Vendell (41), Mateniya (68), Belarabi (90).

Gerta – Shtutgart 2:1
Gollar: 1:0 – 14 Xaraguti, 1:1 – 36 Shunich, 2:1 – 45 Lustenberger.
Ogohlantirishlar: Die (45), Kostich (58), Didavi (60).

Top