07:06 / 12.09.2015
2106

Fabio Kapello Xorvatiya terma jamoasiga murabbiylik qilishi mumkin

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.

Terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Niko Kovach 9 sentabrda o‘z lavozimidan chetlatildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, “Don Fabio”dan tashqari terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Roberto Donadoni, Marchello Lippi, Lotar Matteus, Kristof Daum hamda Kapelloning Rossiya termasidagi yordamchisi Kristian Panuchchining nomzodlari ham qaralmoqda.

Ayni paytda Xorvatiya Yevro-2016 saralash bosqichida o‘z guruhida 3-o‘rinni egallamoqda. Xorvatlar hisobida 8 ta o‘yindan keyin 14 ochko bor. Xorvatiya guruh yetakchisi Italiya termasidan 4 ochko, Norvegiyadan esa 2 ochko ortda bormoqda.

Xorvatiya guruhda o‘ynalgan oxirgi ikkita uchrashuvda Ozarbayjon bilan durrang natija qayd qildi (0:0) va Norvegiyaga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Top