23:59 / 12.09.2015
2554

Gretsiya noyabr oxirigacha navbatdagi moliyaviy ko‘mak transhini olishi mumkin

Gretsiya hukumati kreditlar bo‘yicha kelishuvda aytib o‘tilgan iqtisodiyotni tuzatish dasturini davom ettiradigan bo‘lsa, Yevropa barqarorlik mexanizmidan noyabr oxirigacha yana 3 mlrd yevrolik kredit olishi mumkin.

Gretsiya uchun 86 mlrd yevrogacha kreditni ko‘zda tutuvchi moliyaviy yordam dasturi 19 avgustda ma'qullangan edi. Yangi qo‘llab-quvvatlash paketining ilk transhi 26 mlrd yevroni tashkil qiladi. Bu pullardan Gretsiya avgust oxirida 13 mlrd yevroni oldi. Bu transhdan beriladigan byudjyet ehtiyojlari uchun 3 mlrd yevro va banklarni rekapitalizatsiyalash uchun 10 mlrd yevro qoldi.

Uchinchi moliyaviy yordam va iqtisodiy dastur tasdiqlangandan keyin Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras muddatidan avvalgi parlament saylovlari muddatini belgilab, iste'foga chiqib ketdi.

Yevrohudud hukumatlari Gretsiyaning yangi hukumati kreditlar bo‘yicha kelishuv shartlarini bajarishni davom ettiradi deb mo‘ljallamoqda.

Top