11:04 / 12.09.2015
2927

Hindistondagi restoranlardan birida portlash yuz berishi oqibatida o‘nlab kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida yuz bergan kuchli portlash o‘nlab kishilarning o‘limiga va undanda ko‘proq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi.

Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar soni kamida 20 kishini tashkil etadi. Shuningdek, 80 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.

Hukumatning ma'lum qilishicha, ushbu portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni ortishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, bu hodisa gaz balloni portlashi orqali yuz bergan.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu fojia mahalliy vaqt bilan 12 sentabr kuni soat 09:00 atrofida sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, portlash ovozini uzoqlardan eshitish mumkin edi.

Ayni vaqtda hududda qutqaruvchilar faoliyat olib bormoqda va hodisa sabablari aniqlashtirmoqda.

Top