20:35 / 12.09.2015
3016

Oliy liganing 21 turidan keyin "Paxtakor" asosiy raqibi "Lokomotiv"dan 5 ochko oldinga o‘zib ketdi

12 sentabr kuni Oliy ligada 21 tur doirasida 7ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy uchrashuvi turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan Toshkentning ikki jamoasi "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. Bu o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab, o‘yinning 41-daqiqasida Ikromov to‘pni qaytargach, maydon markaziga yaqin joydan Sherzod chap oyog‘ida to‘pni davozabon ustidan oshirib tashladi va hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasiga kelib esa Sohibovning solosidan so‘ng Masharipov yaqin masofadan aniq zarba yo‘lladi – 2:0. O‘yinning so‘nngi daqiqalarida esa To‘rayev bitta golga javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, “Paxtakor” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni yengdi va musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib oldi.
Ayni vaqtda "Paxtakor" hisobida 54, "Lokomotiv" hisobida esa 49 ochko mavjud.

O‘zbekiston Oliy ligasi. 21-tur

“Paxtakor” – “Lokomotiv” 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 - 41 Karimov, 2:0 - 83 Masharipov, 2:1 - 89 To‘rayev
"Paxtakor": Lobanov, Andreyev, Krimets, Oraxovats, Ismatullayev, Sohibov, Maxaradze (s), Kozak, Karimov, Pardayev, Sergeyev
"Lokomotiv": Ikromov, Mustafoyev, To‘xtaxo‘jayev, Yanichich, Rahmatullayev, To‘rayev, Kapadze (s), Shoahmedov, J.O.Hasanov, J.J.Hasanov, Abduxoliqov

"Nasaf" - "Sho‘rtan"
Kuchli uchlikdan o‘rin egallagan "Nasaf" jamoasi esa turni G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qarshiliklar 48 ochko bilan "Lokomotiv"ni ta'qib qilishda davom etadi. "Sho‘rtan" esa 24 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.
«Nasaf» (Qarshi) – «Sho‘rtan» (G‘uzor) 3:1
Gollar: Zafar Polvonov 30, - 0:1, Azamat Allaniyozov 33, - 1:1. Azamat Allaniyozov 42, - 2:1, Sherzod A'zamov 61 - 3:1

"Bunyodkor" - "Metallurg"
Toshkentning yana bir jamoasi "Bunyodkor" esa 21 turni kecha, "Metallurg" jamoasiga qarshi o‘tkazgan va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, 44 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgandi.
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 75 Zuagi.

“Qo‘qon-1912” – “Mash'al”
«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash'al»dan ustun keldi va 20 ochko bilan 12 o‘ringa joylashdi. 8chi o‘rindagi “Mash'al” hisobida esa 25 ochko mavjud.
“Qo‘qon-1912” – “Mash'al” 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 0:1 - 11 Komilov, 1:1 - 28 Otaqo‘ziyev, 2:1 - 40 Usmonov.

«So‘g‘diyona» – «Neftchi»
Jizzaxliklar navbatdagi mag‘lubiyatni Farg‘onaning "Neftchi" jamoasidan qabul qilib oldi. Bu turdan keyin "So‘g‘diyona"da 19 ochko (13 o‘rin), "Neftchi"da esa 39 ochko (5 o‘rin)
«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Neftchi» 0:1
Gol: Sherzod Hakimov 67, - 0:1.

“Dinamo” – “Navbahor”
“Dinamo” Samarqandda “Navbahor”ni mag‘lub etdi. Ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasida Murzoyev tomonidan kiritilgan gol, yakunda mezbonlarga g‘alaba keltirdi. Endilikda samarqandliklar hisobida 18 ochko mavjud. "Navbahor" 25 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda qoldi.
“Dinamo” – “Navbahor” 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 - 22 Mamatkazin, 1:1 - 74 Erkinov, 2:1 - 78 Murzoyev

“Andijon” – “Qizilqum”
Turnir autsayderlaridan biri “Andijon” o‘z maydonida “Qizilqum”ni 3:2 hisobida yengdi va ochkolari sonini 17taga yetkazdi. "Qizilqum" hisobida 24 ochko bor.
“Andijon” – “Qizilqum” 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 - 27 Jadigarev, 2:0 - 38 Berdiyev, 3:0 - 50 Abduqodirov, 3:1 - 51 Vahobov, 3:2 - 54 Alimov

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Buxoro»
Toshkent viloyatining "Olmaliq" jamoasi o‘z maydonida jadvalning eng quyi o‘rnida joylashgan "Buxoro" jamoasini qabul qildi va 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi. Bu o‘yindan keyin Igor Shkvirin shogirdlari 35 ochko bilan oltinchi bo‘lib turishibdi. Buxoroliklar esa ligani tark etishlari oydinlashgan - 10 ochko.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Buxoro» 1:1
Gollar: Aziz Ibragimov 41, - 0:1. Nikita Pavlenko 45+1, - 1:1

Top