16:13 / 12.09.2015
3223

O‘zbekiston delegatsiyasi YeXHTning XXIII iqtisodiy va ekologik forumi yakuniy uchrashuvida ishtirok etadi

2015 yilning 14-16 sentabr kunlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi “YeXHT hududida suv resurslarini boshqarish: hamkorlik orqali xavfsizlik va barqarorlikni oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan YeXHTning XXIII iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy uchrashuvida ishtirok etadi.

Praga shahrida (Chexiya Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan nufuzli uchrashuvda YeXHT ishtirokchi davlatlari, hamkor mamlakatlar, qator global va mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, akademik va ishbilarmon doiralari delegatsiyalari ishtirok etishi mo‘ljallangan.

Top