15:39 / 12.09.2015
4355

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionatidagi raqiblari nomi ma'lum bo‘ldi

Bugun U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati uchun qur'a tashlandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "S" guruhidan o‘rin oldi.

Shuningdek "S" guruhida Janubiy Koreya, Iroq va Yaman terma jamoalari ham o‘rin olgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa yanvar oyida Qatar davlatida bo‘lib o‘tadi va unda Braziliya-2016 Olimpiadasi uchun kurash kechadi.

Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish kerakki, Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilov hisoblanadi. Ammo murabbiy olimpiyachilar bilan Slovakiyada o‘tkazilgan yig‘inda ishtirok etmadi. U-23 terma jamoasi Dilshod Nuraliyev boshchiligida yig‘in o‘tkazdi.

JCh, U-23
A guruhi: Qatar, Suriya, Eron, Xitoy;

B guruhi: Saudiya Arabistoni, Yaponiya , KXDR, Tailand;

S guruhi: O‘ZBeKISTON, Janubiy Koreya, Iroq, Yaman;

D guruhi: Iordaniya, Avstraliya, BAA, Vetnam.

Top