21:20 / 12.09.2015
4026

"Real" La liganing 3-turida Ronalduning 5ta goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 3-turida «Real» safarda «Espanol»ni yirik hisobda tor-mor etdi, mehmonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu o‘yindagi 6ta goldan 5tasiga mualliflik qildi.

Bu o‘yindan keyin 7 ochko bilan turnirda hozircha peshqadam bo‘lib turibdi.

Espanol – Real Madrid 0:6 (0:4, 0:2)
Gollar: 0:1 – 7 Ronaldu, 0:2 – 17, penalti Ronaldu, 0:3 – 20 Ronaldu, 0:4 – 28 Benzema, 0:5 – 61 Ronaldu, 0:6 – 81 Ronaldu.
Espanol – Lopes, Lopes (Kanyas, 46), Siani (Montanes, 46), Alvaro Gonsales, Alvares, Sevilya, Sanches (Jordan, 65), Arbilya, Duarte, Kaysedo, Moreno.
Real Madrid –Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos (Varan, 75), Isko, Modrich (Kovachich, 56), Kazemiro, Beyl, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 63).
Ogohlantirishlar: Alvaro Gonsales (16), Benzema (36), Kanyas (66), Kovachich (69).

Top