11:48 / 12.09.2015
3569

Sietl maktablari ketma-ket to‘rt kundan buyon o‘qituvchilar ish tashlashlari tufayli yopib qo‘yilgan

AQSh shimoli-g‘arbidagi yirik shaharlaridan bo‘lgan Sietlda o‘qituvchilarning ish tashlashlari tufayli ketma-ket uch kundan buyon davlat maktablari faoliyat ko‘rsatmayapti, deya xabar berdi Reuters.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarga taxminan 53 ming o‘quvchi qatnasha olmayapti.

Xabarda aytilishicha, Sietl ta'lim assotsiatsiyasi va o‘qituvchilar mehnat shartnomalarini ko‘rib chiqish masalalari bo‘yicha maktab okrugi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar samarasiz yakunlangan. Maktab okrugi davlat maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning oyligini oshirish uchun qo‘shimcha 62 mln dollar ajratilishini talab qilib chiqmoqda.

O‘qituvchilarning ish tashlashlariga so‘nggi olti yildan buyon sarf-xarajatlar ortib borayotganiga qaramasdan, oylik maoshlarining ko‘tarilmayotgani asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Ayni paytda shahardagi 100dan ziyod maktablar yopilgan.

Top