18:18 / 12.09.2015
2678

Somalida jangarilar 19 nafar ugandalik harbiyni o‘ldirishdi

Uganda prezidenti Yoveri Musevenining ma'lumot berishicha, 19 nafar ugandalik harbiy Somali hududida "Ash Shabab" guruhi jangarilarining hujumiga duch kelib, halok bo‘lgan.

Yana 6 nafar ugandalik askar bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Uganda prezidentining aytishicha, bu yo‘qotilgan guruh 1 sentabr kuni jangarilarning Afrika ittifoqi bazasiga uyushtirgan hujumi tufayli halok bo‘lgan.

O‘z navbatida, "Ash Shabab" tashkiloti ham ugandalik askarlarning o‘ldirilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan.

Top