21:09 / 12.09.2015
3802

Tojikiston uyali aloqa operatorlari sms-xabarlar yuborish funksiyasini yoqishdi

Tojikistonning barcha uyali aloqa operatorlari sms-xabarlar yuborish funksiyasini yana yoqishdi, deb xabar bermoqda ASIA-Plus agentligi.

Ushbu funksiya 6 sentabrda o‘chirilib qo‘yilgan edi. Aynan shu kuni mamlakat sharqida mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzodaning tarafdorlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlangan edi.

Uyali operatorlar buni texnik nosozliklar bilan tushuntirishgan edi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, maxsus operatsiya o‘tkazilayotgan Romit darasida bir necha jangarilargina qolgan. 11 sentabrda Nazarzoda yo‘q qilingani ma'lum qilingan edi. Biroq ushbu ma'lumot hali ham rasman tasdiqlanmadi.

Top