11:09 / 12.09.2015
4548

Tojikistonda general Nazarzodaning 100dan ziyod tarafdorlari qo‘lga olindi

Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari maxsus amaliyot chog‘ida Vaxdat shahridagi IIBga hujum qilganlarning birini qo‘lga oldi, deya xabar berdi TASS mamlakat IIV ma'lumotiga asoslangan holda.

Biroq militsionerlar o‘limida aloqadorlikda gumon qilinayotgan sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-mayor Abduxalim Nazarzodaning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar rasman tasdiqlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, 4 sentabr kuni Dushanbe va poytaxtga tutash Vahdat tumanida militsiya bo‘linmalariga uyushtirilgan hujumlar natijasida 4 nafar militsiya xodimi va 4 OMON jangchisi halok bo‘lgan edi. Shu vaqtga qadar o‘tkazilgan amaliyotlar chog‘ida 20dan ziyod jangari o‘ldirildi. 100 nafardan ortig‘i qo‘lga olindi.

Top